Keksalar sog‘ligi eʼtiborda!
16.09.2024
/
184
Joriy yilning 20 avgustdan 20 sentyabrga qadar Respublikaning barcha hududlarida "Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi" oʼtkazilishi belgilangan. Ushbu oylik doirasida Yunusobod tumanida keksalarni sogʼlomlashtirilib, ular tibbiy koʼrikdan oʼtkazilmoqda.
Tumandagi 49, 52, 51, 69, 64- Oilaviy paliklinikalariga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi oʼzgalar parvarishiga muhtoj hamda yakka yolgʼiz yashaydigan nuroniylar, nafaqa yoshidagi 1- va 2 -guruh nogironligi boʼlgan shaxslar malakali shifokorlar koʼrigidan oʼtkazildi. Kasalligi aniqlanganlar respublika shifo maskanlariga yoʼllanmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English