Keksalar haftaligi
Yunusobod tumanida 2025 yil 2–8 oktyabr kunlari “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” g‘oyasi ostida "Keksalar haftaligi" keng nishonlanmoqda. Xususan, "Nuroniy" jamg‘armasi Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan “Billup” va “Mingchinor” MFYlari raislari boshchiligida “Gʻayratli keksalar” nomli sport musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalarda stol tennisi, shaxmat, shashka yo‘nalishlari bo‘yicha keksalar va yoshlar o‘zaro bellashdilar. Musobaqalar ishtirokchilari nafaqat jismoniy faollikni namoyon etdilar, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham faol bo‘lishdi.
Tadbir davomida yoshlar keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasidan ilhomlandilar. Musobaqalar do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tib, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlashda muhim vosita bo‘ldi.
Haftalik doirasida turli uchrashuvlar, suhbatlar, sayrlar, tibbiy ko‘riklar va boshqa tadbirlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O'zbekcha
Русский
English