“Kariyera kuni” o'tkazildi
Yunusobod tumani Kambagalikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tashabbusi bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Kariyera kuni” doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir sog'liqni saqlash sohasi uchun ixtisoslashgan bo'lib, yosh mutaxassislar va ishchi kuchi bo'lmagan fuqarolar ish o'rinlari bilan tanishish, o'z kasblari bo'yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanish uchun yordam olishga intilishdi. Mazkur yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan 18 ta tibbiyot muassasasi ishtirok etdi va ular tomonidan 500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari taklif etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar sog'liqni saqlash tizimidagi mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan yaqindan tanishdilar. Yoshlar va ishchi kuchi bo'lmagan fuqarolar uchun bu tadbir ularga ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatini taqdim etdi. Ishtirokchilar o'zlariga mos ish joylariga ariza topshirish va shu orqali kelajakdagi kasbiy imkoniyatlarini ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Yarmarkaning asosiy maqsadi — yoshlar va ishchi kuchi bo'lmagan fuqarolarni doimiy ish o'rinlari bilan ta'minlash, ularning jamiyatda munosib o'rin egallashlariga ko'maklashishdan iborat. Shunga muvofiq, tadbirkorga kelgan har bir ishtirokchi ishizlik muammosini bartaraf etish uchun zarur bo'lgan muhim ma'lumot va qo'llab-quvvatlashni olishdi.
Ishtirokchilar uchun bu tadbir o'z imkoniyatlarini ko'rish va ularning shaxsiy kasbiy rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan muhim bir qadam bo'ldi. Yoshlar uchun bu ishga joylashish, o'zlari uchun maqbul ish o'rni topish va sohadagi o'zgarishlarga javob berish imkoniyatini berdi.
Shuningdek, tadbirning muhim tomoni shundaki, fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularning iqtisodiy axborot olish imkoniyati va kasbiy rivojlanish uchun qo'llanma paydo qilish masalasiga e'tibor qaratildi.
Mazkur tadbirlarning muntazam ravishda tashkil qilinishi yoshlarning mehnat bozoridagi talablar bilan tanishish va kasblar bo'yicha o'zlari uchun eng maqbul variantini topishga yordam beradi.
O'zbekcha
Русский
English