“KARAMURTSKAYA” podstansiyasi rekonstruksiya qilinmoqda.
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan kun –qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonda aholini uzluksiz elektr manbaalari bilan ta’minlash, tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda tumandagi to‘rtta podstatsiyalarda modernizatsiya ishlari qizg‘in kechmoqda. Vazirlar Mahkamasining VM-259-son qaroriga asosan, ushbu podstansiyada rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
1974 yilda ishga tushirilgan “Karamurtskaya” podstansiyada 2 ta 10 MVtli kuch transformatorlar o‘rniga 2 ta 16 MVtli kuch transformatorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda obe’ktda demontaj ishlari boshlangan.
“Karamurtskaya” podstansiya, jami 3 ta podstansiyadan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Xususan “Gornaya” podstansiyadan chiquvchi “L-1-G-35kV”, “O‘zbekselmash” podstansiyadan chiquvchi “L-O‘zbekselmash-2A-35kV” va “Botanika” podstansiyadan chiquvchi “L-Karamurtskaya-35kV” yer ostidan keluvchi kabel tarmog‘lari orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi.
O'zbekcha
Русский
English