KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

06.02.2025 / 162

  Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, mahallalarda banklar va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshiriladigan mikroloyihalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, tumandagi sektor rahbarlari, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari boshqaruvchilari, tumandagi tegishli bo‘lim boshliqlari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

  Yig‘ilishda Yunusobod tumanidagi tijorat banklari va mas’ullar tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, mahallalarda amalga oshirilgan mikroloyihalar hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha joriy yil yanvar oyida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi vazifalarning maqsadli ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

  Shuningdek, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirilgan kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda rahbarlar tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari tanqidiy muhokama qilindi. Muhokama jarayonida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha har bir oilaning muammolarini chuqur o‘rganilganlik holatiga to‘xtalib, chora-tadbirlar rejasi va amalga oshirish mexanizmi hamda monitoringi masalasiga alohida yondashish lozimligi ta’kidlandi. Bunda, kasb-hunari bo‘lmagan, ishsiz va kam daromadli oila vakillariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha biriktirilgan tashkilotlar, tijorat banklari mas’ullari va “mahalla bankiri”lari faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.

  “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, mahallalarda banklar va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshiriladigan mikroloyihalar bo‘yicha topshiriqlarni so‘zsiz bajarilishi talab qilindi.

  Berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi va muntazam ravishda tahlil etib borilishi belgilandi.

Powered by GSpeech