KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, kambag‘alikni qisqartirish va aholi bandligi ta’minlash, ta’lim sifatini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Kun tartibida dastlab, tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda tumanda ish o‘rinlarini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘ycha amalga oshirish zarur bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratildi. Bu boradagi manzilli ishlar natijasida aholi kasb-hunarga o‘qitilib, ish boshlashiga ko‘maklashilib, kambag‘allikdan olib chiqildi. Shu davrda tumanda yuzlab tadbirkorlik sub’yektlari tashkil qilindi, korxonalarga zarur moliyaviy ko‘mak berilib, ularning faoliyati kengaytirildi. Natijada minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib aholi bandligi ta’minlandi.
Muhokamalarda kambag‘al oilalar uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mas’ullarning bu boradagi ishlari muhokama qilinib, muammolarni hal etib borish yuzasidan alohida vazifalar belgilandi.
Tuman hokimi B.Abduvaliyev, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ishlarni tashkil qilish bo‘yicha yangi yondashuvlarni belgilab berdi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlari hamda mas’ullari axborot berdi. Yig‘ilishda har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasida oliy ma’lumotlilar bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi aytib o‘tildi. Buning uchun ta’lim tizimi sifatini oshirish, o‘quvchi yoshlarni oliy ta’limga qamrovni oshirish, ularga foizsiz ta’lim kreditlari, grantlar va boshqa moliyaviy yordamlar orqali ko‘mak berish zarurligi e’tirof etildi.
Yig‘ilish yakunida tumanda kambag‘alikni qisqartirish va aholi bandligi ta’minlash, ta’lim sifatini yanada yaxshilash yuzasidan vazifalar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English