“KAMBAGʻALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI IJROSI MUHOKAMA QILINDI

15.11.2024 / 295

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining ijrosi tahlil qilindi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda rahbar o‘rinbosarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan beshtadan kambag‘al oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, biriktirilgan rahbarlar tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha axboroti eshitilib, tanqidiy muhokama qilindi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan har bir oilaning muammolarini chuqur o‘rganilganlik holatiga to‘xtalib, ishlab chiqilgan individual chora-tadbirlar rejasi, ularni amalga oshirish mexanizmi va  monitoringi ahvoli muhokama qilindi. Shuningdek, kasb-hunari yo‘q, ishsiz va kam daromadli oila vakillariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha biriktirilgan tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari axborot berdilar. 

Barcha biriktirilgan rahbarlardan Prezident qarorida bayon etilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarilishi talab qilinib, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi. Berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi va muntazam ravishda tahlil etib borilishi belgilandi.

Powered by GSpeech