KAMBAGʻALLIKDAN FAROVONLIK SARI DASTURI AMALDА
Kambag‘allikni qisqartirish... Bu jumla so‘nggi so‘ngi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev eng ko‘p ta’kidlayotgan so‘zlar sirasiga kiradi. Yillar davomida yopiq mavzu bo‘lib kelgan, “kam ta’minlangan”, “ehtiyojmand” kabi jumlalar bilan o‘ziga xos tarzda ifodalangan kambag‘allik darajasi aniqlanib, odamlarning aslida qanday hayot kechirayotgani, ularning eng og‘riqli nuqtalari oshkor bo‘ldi. Keyingi yillarda yurtimizda bu masalaga Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yondashuv tubdan o‘zib, yangi tizim yaratildi. 2024 yilning 11 sentyabr kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektorda ham kambag‘allikni qisqartirishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 7 ta yo‘nalishda maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab berildi.23 sentyabr kuni esa Prezidentimiz tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmon hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Yettita imkoniyat va mas’uliyat tamoyili asosida mamlakatimizning navbatdagi yangi yondashuvlari ishlab chiqildi. Endilikda mamlakatimizda aholini kambag‘allikdan chiqarish umummilliy harakatga aylanib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi. Ana shu vazifalar, chora-tadbirlardan kelib chiqib, Yunusobod tumanida yil yakunigacha 400 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish belgilangan. Bu dastur ta’biri joiz bo‘lsa, imkoniyati yo‘qlarga umid, harakat qilib yaxshi yaxshishni istaganlarga qanoat bo‘ldi. Keling mavzudan uzoqlashmasdan, mulohaza yuritib, o‘tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar tahliliga e’tiboringizni qaratamiz.
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar, xatlovlar natijasida bugun har bir xonadon, oilaning real holati aniqlandi. O‘rganishlarda qaysi oila qayerdan, qanday yo‘l bilan daromad topayotgani, qanaqa qilib ro‘zg‘or tebratayotgani ishlab chiqilgan dasturlarga kiritildi.
—Yunusobod tumanida 64ta mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 400nafar kambag‘al oilalar ularning 1411nafar oila a’zolari Kambag‘al oilalar reyestiriga kiritilib, 80nafar shahar va tuman tashkilotlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga 5 nafardan kambag‘al oilalar biriktirib berilgan, — dedi Yunusobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari Shahzoda IBRAGIMOVA. — Bu ishni amalga oshirish uchun Prezident qayd etganidek, har bir rahbarga beshtadan oila biriktirildi. Shunday qilib, Yunusobod tumani hokimidan boshlab,korxona va tashkilot rahbarlari, yirik tadbirkorlik sub’yektigacha mas’ul ishlaydigan oilalar aniq.
“Kambag‘allikni bartaraf etishning to‘g‘ri va eng samarali usuli – aholi bandligi darajasini oshirish”dir. Shu boisdan tuman hokim boshchiligida odamlar uchun ularga munosib va daromadi yuqori ish o‘rinlarini yaratish maqsad sari tizim yaratilgan. Buning uchun mahallalarda tadbirkorlikka shart-sharoitlar, biznesga qulay muhit yaratilmoqda. Har oyda ikki uch marotaba mikroloyihalar yarmarkasi o‘tkazilib,ushbu tadbirlarda aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish choralari ko‘rilmoqda. Qo‘lida hunari yo‘q kishilarga avval kasb-hunar o‘rgatilib, ish bilan ta’minlanyapti. Umuman, kambag‘allikdan chiqish uchun oilaga “qarmoq” berilyapti, “baliq” tutish endi uning mahoratiga, intilishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Natijada, hali ko‘nikmaga ega bo‘lmagan oilalar ham sekin astalik bilan tuman hokimligi ko‘magida oyoqqa turayapti. Raqamlarga e’tiboringizni qaratamiz, tuman hokimligi hamda tijorat banklari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan mikroloyihalar yarmarkalari orqali 147 ga yaqin tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, kasanachilik, tikuvchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda 323 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi. Bundan tashqari bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, kambag‘al qatlamga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratilmoqda. Kambag‘allikdan farovonlik dasturidagi Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish yo‘nalishida100 nafarga ishsiz bo‘lgan fuqarolarning bandligi ta’minlangan.
Kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarga hokimlik mas’ullarini biriktirish orqali muhtojlarga ko‘maklashish tizimi yaratildi, tomorqachilikni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. Masalan, Xasanboy MFYda istiqomat qilayotgan Bobur Sodiqov ishsiz bo‘lgan. Ko‘makkka muhtoj bo‘lgan. Xatlov chog‘ida oilasi kambag‘allik restriga kiritilgan. Unda dehqonchilik ko‘nikmasi boru, biror ishning boshini tutish uchun mablag‘i bo‘lmagan. Shu payt tuman hokimi o‘tkazgan qabulda ishtirok etib, muammosini aytganu, ishlari bir pastda yurishib ketgan. Boburga Har bir oila tadbirkor dasturi asosida 50 mln so‘m pul mablag‘ini olishga ko‘mak berilgan. Qisqa muddatda tomorqasida dehqonchilik qilib, oilasi farovonligini ta’minladi.
—Men yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, nafat oilam balki, yon atrofimizdagi qo‘shnilarga ham farovonlik sari yo‘l ko‘rsatmoqdaman, — dedi Hasanboy mahallasida istiqomat qilayotgan Bobur Sodiqov. Tuman hokimligi ko‘magida bankdan 20 mln so‘m imtiyozli kredit olib, tomorqamizga issiqxonani qurdik. Hozirda issiqxonaga 10 ming dona qulpinay ko‘chani o‘tqazdik. Yerga yaxshi ishlov berib, yer bilan tillashsak, ikki oyda qulpinaylarimiz hosilga kirib,daromad ko‘ra boshlaymiz. Hozirda oila a’zolarimiz bilan mehnat qilib, hayotimizni yaxshilayapmiz.Bizga yaqindan ko‘mak bergan tuman hokimligi mutasaddilariga minnatdorchiligimni bildiraman.
Yunusobod tuman hokimligi tomonidan o‘rganishlar natijasida har bir xonadon bo‘yicha individual dastur ishlab chiqilgan. Ya’ni oila a’zolarining nechtasi ishsiz yoki imkoniyati cheklangan, salomatligi joyidami, qo‘lida hunari yoki kasbi bormi, bandligini ta’minlash imkoniyati qanday?– shu va boshqa savollar asosida ishlar tashkil etilmoqda. Hozir har bir mas’ul o‘ziga biriktirilgan oilalarni farovonlik sari olib chiqmoqda. Tumanda mehnat qilgan, harakatda bo‘lgan odam to‘q va farovon yashab, tadbirkorga aylanmoqda. Masalan, Sobirobod mahallasida ishsiz kasbsiz yurgan fuqarolar bilan muloqot qilinganida Xurshida Nazarova qo‘lida guldek sartaroshlik hunari borligini aytgan. Unga hokimlik tomonidan mahallada ayollar go‘zallik salonini ochib berib, oyoqqa turgunicha yordam qo‘lini cho‘zdi. 20 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib, yana bitta oilaning farovonligi ta’minlandi.
—Men ham uyda ishsiz o‘tirgandim,—dedi Xurshida Nazarova.— Hokim qabuliga borib, ko‘mak so‘radim. Ular oilaviy ahvolimni o‘rganishda. Dastlab, sartaroshlikka uch oy o‘qitishdi. So‘ngra 20 mln kredit olib berdi. Ayollar go‘zallik salonini ochib, oyoqqa turayapman. Hecham o‘ylamagan edim. Lekin, ishonchim kuchli edi. Hozirda go‘zallik salonida har kuni yaxshigina daromad topayapman.
Yunusobod tumani hokimligi mutasaddilari kambag‘allikni faqat pul tarqatish, nafaqa to‘lash bilan hal qilib bo‘lmasligini yo‘lga qo‘yilgan tizim orqali isbotlamoqda. Ayni paytdakambag‘al oila a’zolarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.Natijalar ko‘p kuttirmadi.Qisqa muddat ichida 45 nafar kambag‘al oilalarga imtiyozli kredit mablag‘lari va subsiyadiyalar ajratilganligi evaziga nafaqat o‘zining balki, yon qo‘shnilarining ham farovonligni ta’minladi. Tuman hokimligi tomonidan o‘rganishlar mobaynida ishga layoqati yo‘q, surunkali kasalliklar tufayli tayinli ishlay olmyotgan oilalarga alohida yondashilmoqda.
Raqamlar amalga oshirilgan ishlarni yaqalroq namoyon qiladi. E’tibor bering, ta’lim olish va kasb o‘rgatish yo‘nalishida jami 52nafar oilaning farzandlari turli xil sport hamda maktablar qoshida tashkil etilgan to‘garaklariga biriktirilgan. Kafolatgan tibbiy xizmat yo‘nalishida oilalarda tibbiyot sohasida davolanishga muhtoj bo‘lgan jami 251nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ambulator va shifoxonalarda davolanish uchun orderlar olib berilgan bo‘lsa, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish yo‘nalishida 151nafar fuqarolarga yordamlar ko‘rsatilgan.
Aholining yashash sharoitini yaxshilash yo‘nalishida kam ta’minlangan oilalarning 609nafar a’zolariga 438 mln so‘m miqdorida yordamlar ko‘rsatilgan. Masalan, “Otchopar 1” mahallasi Darvozakent 2-tor ko‘chasi 8-uyda istiqomat qilib kelayotgan Mashhura Zokirova, chorasiz, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan. Yolg‘iz qizining qaromog‘ida. Yashab turgan xonadoni o‘tgan asrning 50 yillarida qurilgan. Ular yog‘ingarchilik bo‘lsa doimo xavotirda yashagan. Ta’mirlashga esa imkoniyati yo‘q. Ushbu oilaga biriktirilgan hokimlik mutasaddilari tomonidan uy joyi ta’mirlab berildi. Bundan tashqari qizi Robiyani tuman poliklinikalaridan biriga ishga joylashtirganligi, ro‘zg‘orini but qildi.
—Oilaviy sharoitimiz og‘ir ahvolda,—dedi Mashhura Zokirova. Turmush o‘rtog‘im nogiron. Bir nafar qizimiz bor. U o‘tgan yili turmushga chiqqan edi. Oilasidan ajrashib, qaytib kelgan.Hozir ana shu qizimiz qaramog‘idamiz. Mavsumiy ishlarda ishlaydi. Uyimizda yashash uchun umuman sharoit yo‘q. Ayniqsa, yog‘inarchilik bo‘lsa cho‘chiymiz.Tomdan chakki o‘tadi. Ikki oylar avval hokimlik mutasaddilari o‘rganib ketgan edi. Tez orada uylarimizning tashqi fasadlari ko‘ngildagidek ta’mirlab berdi. Oshxonamiz ham yo‘q edi. Uni ham ta’mirlash jarayonida qurib berdi. Juda ham minnatdormiz. Bu ishlarning boshida turgan Prezidentimizga rahmat aytaman.
Yunusobod tumanda bugun kambag‘al oilaga biriktirilgan har bir rahbar individual dastur asosida, “mahalla yettiligi” bilan birgalikda ishlayapti. Belgilangan chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirilsa, albatta, yil yakunigacha 400 ta oila kambag‘allikdan chiqib, Yunusobod Kambag‘allikdan holi hududga aylanadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, endi kambag‘allikni faqat pul tarqatish, nafaqa to‘lash bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun kambag‘al oila a’zorlarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash muhim. Ayni paytda xonadonlarga mas’ul bo‘lgan rahbarlar, tadbirkorlar aholini kambag‘allikdan chiqarishda ana shu mezon asosida ish olib bormoqda.
Mehroj Darxonov
Yunusobod tumani hokimi matbuot kotibi
O'zbekcha
Русский
English