"Kambag‘allikdan farovonlik sari"
Yunusobod tumani 2-sektori hududida faollar zalida tuman "Nuroniy" kengashi raisi I.Ashrapova tomonidan seminar o‘tkazildi. Unda Prezidentimizning 2024 yil 25 noyabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylari jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Seminar ishida 2- sektor xududidagi 14 ta mahallalaridan uch nafardan faol, tashabbuskor 42 nafar nuroniylar ishtirok etib, aholi o‘rtasida kombag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilishga ko‘maklashish yuzasidan yubatafsil fikr almashildi. Uchrashuvda "Kambagallikdan farovonlik sari" tamoyili asosida mahalla reyestrlarida turadigan oilalar bilan ishlash, dasturdagi vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, batafsil ma’lumot berildi.
Nuroniylar har bir berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etishlarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar javoblar olishdi.
O'zbekcha
Русский
English