Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash bo‘yicha vazifalar berildi

09.02.2025 / 209

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligidagi Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash ahvoli muhokama qilindi.

 Unda sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, "Mahalla yettiligi" va faollari ishtirok etdi. Yig‘ilishda qarorda jinoyatchilikka qarshi kurash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan belgilab berilgan vazifalar xususida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, tumandagi 64 ta mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla-tuman darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash zarur.
Hokim B. Abduvaliyev,qarorda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligini e’tirof etdi.

Xususan jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish, jinoyatchilikka moyil hududlarda patrul nazoratini kuchaytirish, kuzatuv kameralari sonini oshirish va ulardan samarali foydalanish, jinoyatlar haqida tezkor xabar berish tizimini takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, fuqarolar va mahalla idoralari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish uchun ta’lim va tarbiya ishlarini kuchaytirish lozim.

Hokim B.Abduvaliyev Prezident qarori asosida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish, huquqbuzarliklarning oldini olish uchun mas’ul tashkilotlar va jamoatchilik vakillari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish, har bir mahalla yettiligi ular bilan muntazam ishlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida vazifalar berildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini jalb etgan holda muntazam ravishda "Mahalla yettiligi" ishtirokida "qizil", "sariq" va "yashil" toifadagi mahallalarda seminarlar o‘tkazish topshirildi.

Yig‘ilishda mazkur qaror bilan 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida tuman mahallalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan "yo‘l xaritasi"ning ijrosini so‘zsiz bajarilishini ta’minlash ta’kidlanib, mas’ullarga qo‘shimcha vazifalar berildi.

Powered by GSpeech