Jazoni ijro etish muassalaridan ozod etilgan shaxslar jamiyatga qaytilmoqda
Yunusobod tumani IIO FMB probatsiya xizmati tomonidan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning xulq-atvori ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirib kelmoqda.
Masalan, tumani IIO FMB probatsiya inspektori Xursand Musayev tomonidan yaqindagina jazoni ijro etish muassalaridan ozod etilgan shaxslarni jamiyatga qaytish choralarini ko‘rmoqda. U Dilmurod Nigmanov, Jamshid Maxkamovlarni Yunusobod obodonlashtirish boshqarmasigaga ishga joylashishga ko‘mak berdi. Bundan tashqari yana ikki nafarini "Yoshlar daftari"ga kiritib, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga ko‘mak bermoqda.
Probatsiya inspektori Xursand Musayev ushbu shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashdi. Shu bilan birga, nazoratdagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
– Xizmatimiz barcha huquq-tartibot idoralari kabi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan omil va shart-sharoitlarni o‘rgangan holda ularni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormiz,– dedi Probatsiya inspektori Xursand Musayev.–Huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Bu nazoratdagi shaxslar bilan ko‘proq muloqot qilish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etishda qo‘l keladi. Ushbu jarayonda hududiy profilaktika inspektori, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlarining joylardagi vakillari bilan hamkorlikda manzilli ish olib boramiz.
Yunusobod tumanida bilib-bilmay jinoyat sodir etgan fuqarolarga panja orasidan qaralmaydi. Ularning to‘g‘ri yo‘l topishi,qayta jinoyat yo‘liga kirmasligi uchun probatsiya xizmati xodimlari tomonidan barcha choralar ko‘riladi.
O'zbekcha
Русский
English