Jamoat tartibi hamda xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Yunusobod tumani IIO FMBda PQ-1 sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tungi tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu tadbir doirasida ichki ishlar xodimlari va Toshkent shahar Milliy gvardiyasi Yunusobod tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari hamkorligida 2-bosqich xodimlariga xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada xizmat intizomi, huquqbuzarliklarni oldini olish choralari, fuqarolar bilan muomala madaniyati hamda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir natijasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini ta’minlash borasida qator amaliy choralar ko‘rildi.
O'zbekcha
Русский
English