Jamila Shermuxamedova 75 yoshni qarshi olmoqda.

18.06.2025 / 124

Bugun olima, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova 75 yoshni qarshi olmoqda.

Jamila Shermuxamedovaning yuksak fazilatlari va fidokorona mehnati bilan el ardog‘iga sazovor bo‘lgan. U o‘zoq yillik faoliyati orqali insonparvarlik g‘oyalarini taraqqiy ettirishda beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. Qolaversa, milliy o‘zligimizni ilmiy asosda tadqiq etish borasidagi xizmatlari barchaga ibratdir.

Jamila Shermuxamedovaning olib borgan ilmiy va ijtimoiy faoliyati Davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, "Mehnat shuhrati" ordeni, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. Ayniqsa, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlarni OAVlari orqali aholiga yetkazib borishi alohida e’tiborga loyiq.

Jamila Shermuxamedovani 75 yoshi bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, yana ko‘p yillar el-yurt ardog‘ida, yosh avlod uchun ibrat va o‘rnak bo‘lib yurishlarini tilaymiz.

Boxadir Abduvaliyev
Yunusobod tumani hokimi

Powered by GSpeech