Jaholatga qarshi ma’rifat

06.03.2025 / 207

Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori K.Q.Ismoilov, maslahatchi Z.M.Obilov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ma’ruzalarda ta’kidlanshanidek, mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Mardonov Zokirjon talabalarga murojaat qilib, "globallashuv sharoitida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim masalalardan biriga aylanganini e’tirof etdi.

Tadbir yakunida yig‘ilganlarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Powered by GSpeech