ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti ishchi–xodimlari tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, joylarda ishlar ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, tumanning «Shayx Shivli» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududdagi TP-1671-sonli transformator punktidan ta’minlanuvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog‘i to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarilib, ushbu hududga uzunligi 16500 metr bo‘lgan yangi zamonaviy SIP kabel tarmog‘i tortib berildi.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan uzatmani nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, simlarni yangilash, salqi simlar tarangligi rostlash hamda tarmoqni to‘liq daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarildi.
O'zbekcha
Русский
English