ISSIQLIK TA’MINOTI: KUZ-QISH MAVSUMIGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA
Yunusobod tumanida aholi hamda ijtimoiy soha ob’yektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratib kelinadi.
Tumandagi issiqlik ta’minotidagi asosiy muammolardan bir yer ostidagi quvurlari ma’nan eskirib, muddatini o‘tab bo‘lgan. Boisi ushbu quvurlar o‘tgan asrning 60 yillarida o‘rnatilgan. Shu boisdan o‘tgan yilgi qish mavsumida issiqlik energiyasida muammolar yuzaga kelib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan edi.
Tuman hokimligi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko‘rilayapti. Albatta raqamlarda amalga oshirilgan ishlar yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Yunusobod tumanida 37 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, qish masumiga tayyorgarlik jarayonida 1 ta lokal qozonxona mukammal, 36 tasi esa joriy ta’mirlandi.
????Tumanda 170 km issiqlik quvurlari mavjud bo‘lib, shulardan 118 km ni yer osti 52 kmi yer usti quvurlarini tashkil etadi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi asosida 7,8 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi. 52 km issiqlik quvurlari hamda 23 ta nasos stansiyalari joriy ta’mirlandi.
O'zbekcha
Русский
English