Issiqlik infratuzilmasini tayyorlash bo‘yicha reja 100 % bajarildi

29.10.2025 / 9

Yunusobod tumanida jami 37 ta qozonxona, 170 km issiqlik quvurlari mavjud. Shulardan 118 km yer ostida, 52 km yer ustida joylashgan.

"Veoli Energy Tashkent" MCHJ tomonidan Yunusobod tumanida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga quyidagi ishlar amalga oshirildi:

•Eski issiq suv quvurlarini yangilash rejasi — 12,1 km (100%) bajarildi;
•2 ta qozonxonalar mukammal ta’mirlandi. (100%)
•27 ta qozonxonalar joriy ta’mirlandi. (100%)
•2 ta qozonxona modernizatsiya qilindi. (100%)
•2 km issiqlik quvurlarini izolyasiya qilindi. (100%)
•62,2 km issiqlik quvurlarini joriy ta’mirlandi. (100%)
•6 ta nasos stansiyalar mukammal ta’mirlandi. (100%)
•2 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilindi. (100%)
•17 ta nasos stansiyalar joriy ta’mirlandt. (100%)

⚙️Шу тариқа, барча режалаштирилган ишлар сифатли бажарилиб, истеъмолчиларни барқарор иссиқлик энергияси билан таъминлаш учун зарур шароитлар яратилди.

Powered by GSpeech