ISLOMOBOD KO‘CHASIDA ELEKTR TARMOQLARI TA’MIRLANMOQDA

18.06.2025 / 118

☀️ Bugun soat 15.00
Havo harorati: +43°C

✅Yunusobod tumanida aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash va tarmoqlarni zamonaviylashtirish maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda.

???????? Shunday ishlardan biri — «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan «Islomobod» mahallasi, Islomobod ko‘chasida joylashgan 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ida amalga oshirilayotgan rejali ta’mirlash ishlaridir.

???? Ta’mirlash ishlari doirasida:

▪️ Eskirgan sim-kabellar almashtirilmoqda;
▪️ Elektr ustunlari tiklanmoqda va mustahkamlanmoqda;
▪️ Bog‘lovchi elementlar, izolyatorlar va muhofaza vositalari yangilanmoqda.

???? Ushbu ishlar yuqori harorat va issiq ob-havo sharoitiga qaramasdan, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda, mutaxassislar tomonidan sidqidildan amalga oshirilmoqda.

Powered by GSpeech