Ishsiz fuqarolar kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi

16.05.2025 / 136

Yunusobod tumanida aholining bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rgatish va kambag‘allikni qisqartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, joylarda tashkil etilayotgan kasbiy ko‘nikmalar markazlari bu borada muhim tayanch nuqtasiga aylanmoqda.

Yunusobod tumani Kasbiy ko‘nikmalar markazi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda mahallalardagi hokim yordamchilari hamkorligida o‘quv kurslari tashkil etildi.Ushbu kurslarni vaucher asosida a’lo baholar bilan yakunlagan fuqarolarga sertifikatlar topshirildi. Ular buxgalteriya, massajchi, ayollar sartaroshligi va kosmetologiya kabi talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassisliklar egasiga aylandilar.

Sertifikatlar topshirish marosimida tuman hokimligi mas’ullari, hokim yordamchilari ishtirok etib, faol va intiluvchan yoshlar, ayniqsa o‘qish davomida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan bitiruvchilarni e’tirof etdi.

Powered by GSpeech