Ishchi guruh: Elektr ta’minoti tizimining holati nazoratdan o‘tkazildi
Yunusobod tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari hamda “O‘zbekneftgaz” AJ va tuman FVB mutasaddilari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
Ishchi guruh a’zolari tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud infratuzilma holati, elektr ta’minoti tizimidagi ehtiyoj va muammolarni o‘rgandilar. Shuningdek, ta’mirlash, zamonaviy uskunalar o‘rnatish, avariya holatlarining oldini olish hamda energiya ta’minotida barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlash lozimki, aholini qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash — tuman hokimligi va tegishli tashkilotlarning doimiy nazoratida bo‘lib, mazkur yo‘nalishda tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English