ISH O‘RNILARIGA TAKLIF ETAMIZ !
Hurmatli Yunusobodliklar!
Ma’lumki, Yunusobod tumanidagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlarida minglab aholi mehnat faoliyatini olib borib, yurt ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tibbiyot, ta’lim, buxgalteriya kabi sohalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilmoqda.
Agarda siz, o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha ish qidirayotgan bo‘lsangiz, marhamat ushbu jadvalda ko‘rsatilgan korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilinishingiz uchun xujjat topshiring. O‘ylaymizki, siz o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha ish topib, jamoada o‘z o‘rningizga ega bo‘lasiz. Buning uchun siz Yunusobod tumani hokimligining rasmiy veb sayti orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
O'zbekcha
Русский
English