IRRIGATSIYA TARMOQLARI TA’MIRLANMOQDA
23.09.2024
/
188
Yunusobod tumanidagi obod mahallada suv qochirish tarmoqlari tozalanib, quvurlar yangisiga almashtirilmoqda. Bu ishlarda Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.M.Shermuhamedov bosh-qosh bo‘lim ta’mirlash ishlarini tashkil qilmoqda. Xususan "Obod" mahallasidagi irrigatsiya ariqlari ko‘milib, yomg‘ir suvlari har tomonga tarqalib, yo‘llarga suvlar to‘planib qolardi.
Ayni paytda ushbu muammoning sabablari aniqlanib, bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Mahalladagi irrigatsi tarmoqlari yer ostida ko‘milib ketgan, quvirlar esa zang bosib, muddatini o‘tab bo‘lgan.
Sektor rahbari mas’ullar bilan birgalikda quvirlarni ochib, tozalash, yangisiga almashtirish choralarini ko‘rmoqda.
O'zbekcha
Русский
English