INVESTITSIYA DASTUR IJROSI TA'MINLANMOQDA
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida investisiya dasturi, eksport va Xitoyga tashrif loyihalari kelishuvlari ijrosini ta’minlash maqsadida 4 ta sektor rahbarlari, investisiya va iqtisod bo‘yicha o‘rinbosarlarim bilan har bir loyihani joyiga chiqib, ularning muammolarini o‘rganib, borilmoqda.
Yaqinda navbatdagi o‘rganishlarni yakunladik va aniqlangan muammolarni “Hukumat komissiyasi – shahar – tuman” darajasida hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab, ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2024-2026 yilda Investisiya dastur asosida amalga oshiriladigan ishlar.
Tumanda 2024-2030 yillarda turar joylar, xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan 59 ta loyiha doirasida jami 15 trln 821,2 mlrd.so‘m, shundan 733,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 3 415 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan, Davlat investisiya dasturiga asosan 11 ta loyiha doirasida jami 12 trln 782,2 mlrd.so‘m, shundan 733,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 800 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Hududiy investisiya dasturiga asosan 48 ta loyiha doirasida jami 3 trln 38,9 mlrd.so‘m, investisiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 2 615 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bundan tashqari tizimli ishlar natijasida 9 ta qo‘shimcha loyihalar aniqlandi. Ularning jami qiymati 1 trln 239,6 mlrd.so‘m, shundan 51,4 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirililadi. Natijada 804 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud.
Xitoyga amalga oshirilgan tashrif doirasida qiymati 710,0 mln dollarlik 4 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu loyihalar doirasida 2024 yilda kamida 100,0 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
O'zbekcha
Русский
English