INVESTISIYA LOYIHALARI AMALGA OSHIRILMOQDA

09.10.2024 / 228

INVESTISIYA LOYIHALARI AMALGA OSHIRILMOQDA

  Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy qurilish ishlari hech kimga sir emas albatta. Shu ma’noda Yunusobod tumanida xorijiy sayyohlarni munosib kutib oladigan bir qator zamonaviy mehmonxonalar barpo etilmoqda. Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Sayilgoh ko‘chasida amalga oshirilayotgan investisiya loyihasini joyiga chiqgan holda o‘rganish olib bordi.

  Mazkur loyiha "Metropol group" MCHJ tomonidan amalga oshilayotgan bo‘lib, qiymati 100,0 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyiha 2,0 gektar er maydonida amalga oshirilmoqda.

  Tuman hokimi B.Abduvaliyev, tegishli mutasaddilarga loyihani amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.

Powered by GSpeech