Investision loyihalar: sifatli mahsulot, eksport va aholi bandligi
Bugungi kunda Yunusobod tumani – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylanmoqda. Yildan-yilga zamonaviy majmualar bunyod etilib, chinakkam mo‘jizalar ro‘y bermoqda. Zamonaviy lokatsiyalar sanog‘i karrasiga ortdi. Yodingizda bo‘lsa, bundan 7-8 yil avval mehmonlar Yunusobodga faqatgina teleminora yoki istirohat bog‘larida sayr qilish uchun kelishgan.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugun Yunusobodda yangi bino va majmualar qad ko‘tarib, hududning qiyofasi tamoman o‘zgardi. Ayni paytda ham bunyodkorlik ishlari ko‘lami keng. Tumanda eng zamonaviy biznes markazlar, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari, turar joylar, sport va sog‘lomlashtirish, ta’lim va tibbiyot markazlari bunyod etlmoqda.
Ana shunday majmualardan biri Yunusobod tumanida ishga tushirilayotgan zamonaviy ko‘ngilochar savdo markazi – “Xay Toun Siti”dir. Savdo markazi 65 ming kvadrat metrni tashkil etadi va uni barpo etish uchun 100 mln AQSH dollari qiymatida sarmoya kiritilgan. Loyiha to‘liq yakunida 1700 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Hozirgi kunda ko‘ngilochar savdo markazida 216 ta do‘kondan 173 tasi ijaraga berilib, ular o‘z faoliyatini boshlamoqdalar va yillik byudjetga tushum summasi 150 mlrd so‘mdan oshishi prognoz qilinmoqda. Undan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasining investorlari tomonidan 12,44 gektar maydonda zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida, 550 ming kvadrat metr bo‘lgan mehmonxona, biznes markazi xamda 52 ta turar-joy binolari barpo etilishi kutilmoqda. Mazkur loyihalarga umumiy hisobda 430 mln dollar xorijiy investisiyalar jalb qilinadi.
TYAN SHU CHUN
TSC-HK-Investment kompaniyasi rahbari, High Town City loyihasiga investori
—Assalomu alaykum. Mazkur imkoniyatdan foydalanib, O‘zbekistonga investisiya qilish borasidagi tajribalarimiz va fikrlarimizni siz bilan baham ko‘rishdan juda mamnunman. O‘tgan yili bizning guruhimiz Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimi bilan birgalikda Xitoyning Tyantszin shahrida muhim va mazmunli biznes uchrashuvini tashkil qildi. Ushbu tadbirda Tyantszin shahridan biznes delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida men ishtirokchilarga O‘zbekiston va Toshkentning investisiya muhiti, mavjud imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berdim va ushbu bozorning o‘ziga xos afzalliklarini chuqur tahlil qildim. Ayniqsa, O‘zbekistonning xavfsiz hudud ekanligi, biznesda qo‘lga kiritadigan natijaning 80 foizini ta’minlaydi. Ha, mamlakatning istalgan hududida fuqarolarning emin erkin yashashi uchun kafolatlangan xavfsizlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, investorlar faoliyat ko‘rsatishi uchun nimaki zarur bo‘lsa, barchasi mavjud. Hech ikkilanmasdan investorlar sarmoya kiritsa, kutgan natijasiga erishadi.
Mening fikrimcha, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi beshta davlat ichida eng strategik ahamiyatga ega mamlakatdir. Geografik joylashuvi bo‘yicha u Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo‘lib, butun mintaqaning transport va savdo markaziga aylangan. Aholi nuqtai nazaridan, Markaziy Osiyodagi beshta davlatning jami aholisi qariyb 80 millionni tashkil etsa, shundan qariyb 40 millionga yaqini O‘zbekistonda istiqomat qiladi. Bu mamlakatning ulkan salohiyati, katta bozorga chiqish imkoniyati bor. Shu bilan birga, O‘zbekistonning siyosiy afzalliklari ham e’tiborga loyiqdir. Davlat siyosati barqaror va ochiq, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiradi hamda xorijiy investorlarga do‘stona munosabatda bo‘ladi. Bu xususiyatlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda investisiya uchun eng jozibador hududlardan biriga aylantirmoqda. Вizning kompaniyamiz Toshkent shahri Yunusobod tumanida Hay taun sitiy ko‘p funksiyali majmuasini qurish uchun yuzlab million dollar miqdorida investisiya kiritdi. Hozirda ushbu loyiha daromad va ta’sir jihatidan ajoyib natijalarga erishdi. Bu esa yana bir bor isbotlaydiki, O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun yuqori daromad va keng imkoniyatlar taqdim etadi. Xitoy kompaniyalari va tadbirkorlari uchun siyosiy barqarorlik, ochiq siyosat, jamiyat xavfsizligi va ulkan bozor salohiyati kabi omillar xalqaro bozorga chiqishda eng muhim hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu barcha afzalliklarga ega bo‘lib, strategik investisiyalar uchun birinchi darajali tanlovdir. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosatlarida investorlarni qo‘llab quvvatlash ga alohida e’tibor qaratayotganligini o‘z faoliyatimizda ko‘rib turibmiz. Bilasizii, ularning rahbarligi ostida mamlakatda islohotlar chuqurlashtirilmoqda, investisiya muhiti takomillashtirilmoqda, xorijiy investisiyalar faol ravishda jalb qilinmoqda.Natija yillar o‘tib aholining turmush darajasi yaxshilanayotganligda yaqqol ko‘rinmoqda.Bugun O‘zbekistonning qaysi viloyatiga bormang infratuzilmasi rivojlanib, shaharlar qiyofasi tamomila zamonaviylashmoqda. Yana bir narsaga alohida to‘xtalmoqchiman, Prezident nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun ham muhim sharoitlarni yaratmoqda.
Shu sababli, men xalqaro bozorga chiqishni istagan nafaqat xitoylik,balki butun dunyo biznesmenlari, tadbirkorlarga O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu yerning investisiya muhiti va rivojlanish imkoniyatlari bilan tanishishga chin dildan taklif qilaman. O‘z faoliyatim misolida aytadigan bo‘lsam, Yunusobod tumanida barpo qilinayotgan savdo va ko‘ngilochar majmuani barpo qilish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Birorta masala kechikkani yo‘q.Vazirlik va hokimlik idoralari bilan hamfir bo‘lib ish ko‘rayapmiz. O‘zbekistondagi investisiyalarimiz nafaqt bizni balki,o‘zbek xalqini ham sevintirmoqda.Keling natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Ishonchim komilki, bu ulkan salohiyatga ega yurt sizga yangi muvaffaqiyatlar va o‘sish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Ushbu savdo va ko‘ngil ochar markazi Yunusobod tumanining rivojlanishiga ulkan hissa ko‘shib, aholini turar joy bilan ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash, shahar qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
—Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida investisiya dasturi, eksport va Xitoyga tashrif loyihalari kelishuvlari ijrosini ta’minlash maqsadida 4 ta sektor rahbarlari, investisiya va iqtisod bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan har bir loyihani joyiga chiqib, ularning muammolarini o‘rganib borilmoqda, — deydi Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Sherzod Erkinlar. —“Hukumat komissiyasi – shahar – tuman” darajasida hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tumanda 2024-2030 yillarda turar joylar, xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan 59 ta loyiha doirasida jami 15 trln 821,2 mlrd.so‘m, shundan 733,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 3 415 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan, Davlat investisiya dasturiga asosan 11 ta loyiha doirasida jami 12 trln 782,2 mlrd.so‘m, shundan 733,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 800 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Hududiy investisiya dasturiga asosan 48 ta loyiha doirasida jami 3 trln 38,9 mlrd.so‘m, investisiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 2 615 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bundan tashqari tizimli ishlar natijasida 9 ta qo‘shimcha loyihalar aniqlandi. Ularning jami qiymati 1 trln 239,6 mlrd.so‘m, shundan 51,4 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirililadi. Natijada 804 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud.
Xitoyga amalga oshirilgan tashrif doirasida qiymati 710,0 mln dollarlik 4 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu loyihalar doirasida 2024 yilda kamida 100,0 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Endi e’tiboringizni Yunusobod tumanida amalga oshirilgan investision loyihalarga qaratamiz. O‘tgan yilida tumanda 46 ta investision loyiha ishga tushirish natijasida 236,1 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 375 tayangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda qiymati 246,4 mln.dollik 54 ta loyiha (117,3%) ishga tushirilgan. Albatta, investision loyihalarni amalga oshirish qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish degani hamdir. Bitta loyiha orqali yuzlab, minglab odamning bandligi ta’minlanishi kutilgan natijalarning bir qismidir. Shu bois, tumanda investisiya dasturlari asosida 2 475 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Investision loyihalarni amalga oshirishda tumandagi sanoat zonalari ham yetakchilik qilmoqda. “Yunusobod kichik sanoat zonasi”ning 16,4 gektar hududiga 116 ta sanoat loyihalari joylashtirilgan va 1 400 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Ushbu korxonalar tomonidan 2023 yilda 852 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024 yilda ishlab chiqarish hajmini 900 milliard so‘mdan oshgan. Sanoat zonasida 2024 yilda 26 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. —Hozirda tuman hokimligi tomonidan korxonalar faoliyati tahlil qilinib, “Yunusobod kichik sanoat zonasi” ko‘rinishini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha 3 bosqichli “Master-reja” ishlab chiqildi,— deydi Yunusobod kichik sanoat zonasi ish boshqaruvchisi Davron Isroilov. — Unda nafaqat sanoat loyihalarini joylashtirish, balki zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari, ijtimoiy soha ob’yektlari, ilmiy-tadqiqot markazalarini joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tuman hokimligi tomonidan sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatli elektrotexnika va elektronika, oziq-ovqat, tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan quvvatlarni tashkil etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olinib, iqtisodiy samaradorlikni kamida 3 barobarga oshirish va yillik ishlab chiqarish hajmini 3 trillion so‘mga eksport hajmi esa 80 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Hozirda konsepsiya asosida 0,5ga yer maydonida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Yunusobod kichik sanoat zonasida qurilish materiallari, turli xildagi muzlatgichlar, farmaseftika, oziq-ovqat kabi 50 turdagi mahalliylashtirilgan, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mazkur hududlarga eksportbop, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi loyiha tashabbuskorlarini jalb etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida biznes yuritish istagida bo‘lgan tadbirkorlar soni kun sayin oshib bormoqda. Ulardan istiqbolli takliflar va murojaatlar kelib tushmoqda. Tumada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va aholi bandligini ta’minlashda bu kabi kichik sanoat zonalarining ahamiyati katta. Masalan siz tasvirda ko‘rib turgan mana bu korxonada quruq mevalarni qadoqlab, nafaqat ichki balki, tashqi bozorga ham eksport qilmoqda. Ahamiyatlisi bu yerda tumandagi 50 dan ortiq yigit-qizlar mehnat qilib, oilasining farovonligini ta’minlashga xissa qo‘shmoqda.
—Bizga tadbirkorimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan,—deydi korxonada mehnat qilayotgan ishchilardan biri Shahnoza Mamatqulova. —Hozirda men mevalarni qadoqlash, uskunalarini boshqaraman. Ishim o‘zimga yoqadi. Har kuni ertalab soat 08:00 da ishga kelib, 18:00 da ketamiz. Uch mahal ovqat beradi. Transport ham tekin. Har oyda qo‘limga 8 million so‘m oylik maosh olaman.
—Biz Yunusobod kichik zonasidan 520 kvadrat yer maydonini uzoq muddatga ijaraga olganmiz,—dedi tadbirkor Hasan Majidov. —O‘tgan vaqt mobaynida ishlab chiqarish hajmimiz 107 barobarga oshdi. Hozirgi kunda Toshkent shahridagi barcha savdo do‘yonlar, supermarketlarga qadoqlangan xo‘l mevalarni yetkazib berayapmiz. Mahsulotlarimizni shu yerning o‘zida qadoqlab,ichki va tashqi bozorga chiqarayapmiz. Korxonamizda 13 nafar doimiz va 25 nafar mavsumiy ishchilar mehnat qiladi. Bizning mahsulotlar Germaniya, Xitoy,Chexiya davlatlariga eksport qilinadi. Rejamiz tarmog‘imizni kengaytirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishdir.
E’tibor bering, o‘tgan yili tumanda 46 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 236,1 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 375 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda 54 ta loyiha ishga (117,3%) investision loyiha ishga tushirilishi natijasida jami, 2 475 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ularning qiymati 246,4 mln.doll tashkil etdi. Endi joriy yilda amalga oshiriladigan rejalarga qaratamiz. Tumanda 2025 yilda 43 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 231,0 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 457 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilandi. Ayni paytda tuman hokimi boshchiligida ishlar tizimli olib borilmoqda.
Davlat investisiya dasturi ijrosi qanday kechdi?
Yunusobod tumanida Davlat investisiya dasturida 11 ta loyihalar tasdiqlangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 1 003 mln.doll tashkil etadi. 2024 yilda jami 401,0 mln.dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan. Amalda esa 404,4 mln dollar xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirildi va reja 100,9 foizga bajarildi. 2025 yilda 6 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 405,0 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha dastlabki rejalar belgilandi. Yunusobod tumani hokimi boshchiligida 2025 yilda 500 mln.doll xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishni marra qilib olindi. Albatta bu ko‘rsatgichlarni ta’minlash oson bo‘lmaydi. Ayni paytda hokimlik tizimidagi barcha mutasaddilar bir maqsad atrofida, fidoiylik bilan ishlarni tashkil qilib, belgilangan ko‘rsatgichlarga erishishga hozirlik ko‘rilib, ishlar allaqachon boshlab yuborgan.
Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tijorat, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha juda katta imkoniyatlar bor. Ayni kunlarda tuman hokimligi tomonidan 2025 yil uchun istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun katta marralarni ko‘zlamoqda. Albatta bu aholining turmush tarzini yaxshilash, farovonligini ta’minlash, pirovardida inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi.
- Mehrojiddin Darxonov
Yunusobod tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari, - Axborot siyosati masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi
O'zbekcha
Русский
English