“Inson uchun” shiori ostida inklyuziv marafon bo‘lib o‘tdi
14.04.2025
/
186
Joriy yilning 12–13 aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Inson uchun” shiori ostida keng qamrovli inklyuziv marafon tashkil etildi. Ushbu marafonda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan 1100 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Jumladan, Yunusobod tumanidan ham 50 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan fuqarolar qatnashdilar.
Marafonda Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahallasi fuqarosi Miraskarova Robiya muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinni egalladi hamda 2 million so‘m miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ldi.
Tadbirda Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, ijtimoiy xodimlar va ko‘ngildoshlar ham faol ishtirok etdilar.
O'zbekcha
Русский
English