Inson aziz xotira muqaddas
Ma’lumki, joriy yilning 1-30 noyabr kunlari mamlakatimizda "Keksalar uchun turizm oyligi" o‘tkazish belgilangan. Mazkur oylik doirasidv Yunusobod tumani hokimligi tomonidan nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, vaqtlarini chog‘ o‘tkazish choralari ko‘rilayapti.
Xususan, "Nuroniy" jamg‘armasi tumani bo‘limi tomonidan to‘rtta sektor hududidagi mahallalarida istiqomat qilayotgan nuroniy otaxonu-onaxonlar "Yangi Ariq" mahalla hududidagi yozuvchi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning uy muzeyiga taklif etildi. Ular "Oybek" uy muzeyida shoir, adib, yozuvchi hayoti, bosib o‘tgan yo‘li va tarixi bilan tanishdilar.
Muzeyda Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek xotirasi, hayoti va ilmiy ijodiy merosi yodga olindi. Muzeyi ziyorati so‘nggida tashrif buyurgan nuroniy otaxon va onaxonlar Oybekni xotirlab, uning haqqiga duolar qildilar.
O'zbekcha
Русский
English