Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va jinoyatchilikni oldini olish masalalari muhokama qilindi
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hokimlik mutasaddilari, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi muassasalari rahbarlari, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida tumanda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Hokim B.Abduvaliyev ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratib, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va pedagoglarning malakasini oshirish muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash va bolalar qamrovini oshirish choralari belgilandi.
Tuman hokimi B.Abduvaliyev aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va sog‘liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirish zarur bo‘lgan ustuvor masalalarga to‘xtaldi. Jumladan oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, dori vositalari ta’minoti, aholini zaruriy tibbiy xizmat bilan qamrab olish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Yig‘ilishda Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur qarorda mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish chora-tadbirlar belgilangan. Shu asosda hokimlik mutasaddilariga qaror ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” uning har bir bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq muddatlar belgilab, bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English