IJTIMOIY SOHАLАRDА АMАLGА OSHIRILАDIGАN VАZIFАLАR BELGILАNDI
Yunusobod tumani hokimi Boxadir Аbduvaliev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish, aholiga tibbiy xizmat koʼrsatish sifatini oshirish, "Tashabbusli byudjet" ijrosi yuzasidan yigʼilish oʼtkazdi. Unda tuman hokimi oʼrinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, masʼullar ishtirok etdi.
Yigʼilishda B.Аbduvaliev dastlab, kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʼxtalib, ijtimoiy obeʼktlarni mavsumga tayyorlash chora-tadbirlari natijadorligi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish, bu borada taʼsirchan choralar koʼrish boʼyicha mutasaddilarga topshiriq va koʼrsatmalar berildi.
Yigʼilish davomida aholiga tibbiy xizmat koʼrsatish sifatini oshirish masalasi ham koʼrib chiqildi. Hokim, tumanda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti yaxshilash, tibbiyot muassasalarini aholiga yaqinlashtirish, shifo maskanlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan masʼullarga koʼrsatmalarini berdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “gʼolib” deb topilgan loyihalar boʼyicha tegishli tashkilot rahbarlari va boshqa masʼullar ishtirok etib, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi. Loyihaning 2024 yil 2-mavsumida “gʼolib” boʼlgan tadbirlar boʼyicha fikr almashilib, shakllangan loyiha (tadbir)larga ajratilgan mablagʼlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan tegishli tavsiya, koʼrsatma va topshiriqlar berildi.
Maʼlumot oʼrnida, 2022-2024 yillarda “Tashabbusli byudjet” jarayoni “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish bosqichi yakunlariga koʼra “gʼolib” deb topilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi qarorlariga muvofiq tasdiqlangan “Manzilli roʼyxat”lar asosida “Fuqarolar tashabbusi jamgʼarmasi” mablagʼlari hisobidan 119 ta loyihalarga jami 89,8 mlrd soʼm mablagʼlar safarbar qilingan. Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʼyicha 77 ta loyihalarga 53,7 mld soʼm (jamidagi ulushi 60%), sogʼliqni saqlash sohasi boʼyicha 40 ta loyihalarga 35,2 mlrd soʼm (jamidagi ulushi 39%) hamda boshqa sohalar boʼyicha 2 ta loyihalarga 0,9 mlrd soʼm (jamidagi ulushi 1%) mablagʼlar yoʼnaltirildi.
Yigʼilishda muhokama qilingan masalalar boʼyicha tegishli tavsiyalar berilib, amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar belgilab olindi.
O'zbekcha
Русский
English