IJTIMOIY SOHADA MUHIM BO‘LGAN VАZIFАLАR BELGILАNDI

19.09.2024 / 183

  Yunusobod tumani hokimi Boxadir Аbduvaliev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, "Tashabbusli byudjet" ijrosi yuzasidan yigʼilish o‘tkazdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, masʼullar ishtirok etdi.

  Yigʼilishda B.Аbduvaliev dastlab, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, ijtimoiy obeʼktlarni mavsumga tayyorlash chora-tadbirlari natijadorligi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish, bu borada taʼsirchan choralar ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

   Yig‘ilish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hokim, tumanda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti yaxshilash, tibbiyot muassasalarini aholiga yaqinlashtirish, shifo maskanlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalarini berdi.
  Kun tartibidagi navbatdagi masala, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “g‘olib” deb topilgan loyihalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlari va boshqa masʼullar ishtirok etib, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi. Loyihaning 2024 yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha fikr almashilib, shakllangan loyiha (tadbir)larga ajratilgan mablag‘larni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

  Maʼlumot oʼrnida, 2022-2024 yillarda “Tashabbusli byudjet” jarayoni “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi qarorlariga muvofiq tasdiqlangan Manzilli ro‘yxatlar asosida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 119 ta loyihalarga jami 89,8 mlrd so‘m mablag‘lar safarbar qilingan. Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi bo‘yicha 77 ta loyihalarga 53,7 mld so‘m (jamidagi ulushi 60%), sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 40 ta loyihalarga 35,2 mlrd so‘m (jamidagi ulushi 39%) hamda boshqa sohalar bo‘yicha 2 ta loyihalarga 0,9 mlrd so‘m (jamidagi ulushi 1%) mablag‘lar yo‘naltirildi.
  Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Powered by GSpeech