IJTIMOIY OB’YEKTLARNI KUZ-QISHGA TAYYORGARLIK AHVOLI MUHOKAMA QILINDI

09.10.2024 / 227

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev tomonidan tumanda ijtimoiy ob’yektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, investisiya dasturlari va ochiq byudjet orqali amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi B.Abduvaliyev,  dastlab kun tartibi bo‘yicha mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tinglab, kuz-qish mavsumida ijtimoiy ob’yektlar ta’lim tibbiyot va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida issiqlik va elektr energiya bilan kafolatli ta’minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta’mirlash yuzasidan qilingan ishlar qoniqarsiz deb topildi. Mazkur masala bo‘yicha ijtimoiy ob’yektlarda kuz-qish mavsumiga qisqa fursatlarda tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

 Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida tumanda ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joylarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, elektr tarmoqlari, tabiiy gaz va issiqlik ta’minotini kuz-qish mavsumga tayyorlash, shuningdek investisiya dasturlari va ochiq byudjet orqali amalga oshirilayotgan qurilish ishlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqid qilindi. Ayniqsa, “Open byudjet” axborot portali orqali “g‘olib” deb topilgan loyihalar ijrosi sust kechayotganligi, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha loyihalar belgilangan muddatlarda bajarilmagan.

 “Open byudjet” loyihasi orqali qurilish ishlarini sifatli belgilangan muddatda topshirish, loyihalarni  smeta xujjatlarida ko‘rsatilgan asosda amalga oshirish topshirig‘i berildi. 

 Yig‘ilishda belgilangan ishlarning sifatli bajarilishiga, bevosita ijrochilarning va tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ma’sul ekanligiga e’tibor qaratildi. Shu bois tashkilot rahbarlariga belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari haqida qat’iy ogohlantirildi.

Powered by GSpeech