IJTIMOIY OBEЪKTLАR OʼRGАNILDI
31.10.2024
/
218
Toshkent shahar prokurori E.T.Yuldashev, Yunusobod tumani hokimi B.Аbduvaliev, tuman prokurori Ya.Аbdurahmonovlar, maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rgandi.
O‘rganishlar chog‘ida qurilish shtabi aʼzolari ishtirokida PQ-404 sonli Qarorga asosan, 313-sonli umumtaʼlim maktabi hamda 110-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilish obʼektlarini ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida pudratchi tashkilot masʼullari hamda byurtmachiga obʼektdagi qurilish montaj ishlarini sifatli bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English