IJTIMOIY IQTISODIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul idora va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilot mutasaddilari qatnashdi.
Yig‘ilishda tuman hayotiga daxldor bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Tuman hokim B.Abduvaliyev, kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar va yuzaga kelgan muammolarga to‘xtalib, Boshqaruv kompaniyalarining debitorlik qarzdorlikni undirish bo‘yicha zudlik bilan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.
Bunda yuridik va jismoniy shaxslarda yig‘ilib kelayotgan qarzdorlikni qonuniy asosda undirish zarurligi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, ishlab chiqilgan reja grafikka asosan boshqaruv tashkilotlari mahalla yettiligi, MIB va Bank hodimlarini jalb qilib, belgilangan rejaga nisbatan debitor qarzdorlikni qisqartirish choralarni ko‘rish zarur.
Shu bilan birga, yig‘ilishda Prezidentimizning "Yashil makon" tashabbusi doirasida tumanda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish, aholi yashash joylarini yanada obod va yashil hududlarga aylantirish masalasiga ham katta e’tibor qaratildi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hal etish, odamlarni bezovta qilayotgan muammolarni qisqa fursatda hal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yomg‘ir yog‘ishi munosabati bilan irrigatsiya tarmoqlari alohida nazoratga olish mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda davlat xizmatchilarining har bir ishi halollik va shaffoflik asosida amalga oshirilishi lozimligiga e’tibor qaratilib, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha urg‘u berildi
Hokim B.Abduvaliyev, yig‘ilish yakunida barcha mutasaddilarga aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, har bir fuqaro muammosini o‘z vaqtida hal qilish,kun tartibidagi masalalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berib, barcha masalalar qat’iy nazoratga olinishini bildirdi.
O'zbekcha
Русский
English