IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR O‘RGANILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida turmush sharoitlarini yaqindan o‘rganmoqda. Jumladan, "Sharq haqiqati" MFY, Hasanboy 5-tor, 72-Uy, 44-xonadonda istiqomat qilayotgan Shohista Qo‘chqarovaning xonadoniga tashrif buyurib, oilaning ijtimoiy ahvoli bilan atroflicha tanishdi. Ushbu oilaning 2 nafar farzandlari maktab o‘quvchisi, turmush o‘rtog‘i Fayzulla Qo‘chqorov hozirgi kunda kunlik ishlar bilan shug‘ullanadi. Uning sog‘ligini tiklash uchun mablag‘i yo‘q. Nafaqa puli kamligi sababli imkon topolmayotganligi aniqlangan.
Fuqaroning tibbiy holati o‘rganilganidan so‘ng Shohista Kuchkarova uchun "Neuro-Cardio-Medic" klinikasida davolanishi uchun 8 mln so‘m amaliy yordam berildi. Xonadon egalari bilan muloqotlarda ularning kasb ko‘nikmalari, qiziqishlari o‘rganildi va ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
O'zbekcha
Русский
English