Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi

02.06.2025 / 145

  Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida Yunusobod tumanida joylashgan "Yunus ota" jome masjidida ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur tadbirda shahar tumanlari imom-xatiblari, otinoyilar hamda 2024 yilda muborak haj safariga borib qaytgan hoji ota va hoji onalar faol ishtirok etdilar.

  Yig‘ilish doirasida ishtirokchilar turli sabablarga ko‘ra qiyin ahvolga tushib qolgan oilalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldilar. Oila a’zolari bilan suhbatlashib, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, zarur maslahat va ko‘rsatmalar berish ishlari amalga oshirildi. 

  Tadbir yakunida "Yunus ota" masjidida yig‘ilishning xulosaviy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Powered by GSpeech