IJRO INTIZOMI MUHOKAMA QILINDI.

03.01.2025 / 189

Yunusobod tumani hokimilinida tumanni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish, qabul qilingan qaror va dasturlar ijrosi, korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman hokimining 1-o‘rinbosari A.To‘laganov, hokim o‘rinbosarlari D. Yusupov, D.Muhsimova hamda hokimlik xodimlari ishtirok etdi. Kun tartibida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar, hukumat topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ijro va mehnat intizomi, davlat xizmatchisi kasb odobnomasiga rioya etilish masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijadorligi bevosita ularni amalga oshirishga qaratilgan hujjatlar va qarorlar, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarishga bog‘liq ekani ta’kidlandi. Shu ma’noda, har bir tuman hokimligi bo‘lim boshliqlari, rahbar va xodim zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy yondashishi, shaxsiy javobgarlikni unutmasligi shartligi qayd etib o‘tildi.

Yig‘ilishda A.To‘laganov, hokimlik tizimida ijro intizomiga to‘xtalib, har bir xodim, bugun nima bilan band bo‘ldim, qaysi vazifani uddaladim, ishimdan ko‘nglim to‘ldimi – shularni o‘ziga savol berib, kunlik ishlarni tahlil qilib, o‘zi uchun xulosa chiqarishi lozimligini qayd etdi.

Yig‘ilishda hokimlik xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, hokimlikning ijroga yo‘naltirilgan buyruqlarini o‘z muddatida, sifatli bajarish bo‘yicha rahbar-xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Bu borada nazorat qat’iy bo‘lishi ta’kidlanib, zarur ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech