Ijobiy tajribalar yetkazildi

25.12.2024 / 187

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish" mavsumga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Undan Respublika IIV Akademiyasi o‘qituvchilari, Yunusobod tumani IIO FMB Boshlig‘i A.Shermuhamedov ishtirok etdi.

Tadbirda huquqbuzarlik sodir etishning oldini olish, undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish yuzasida fikr almashildi.

Muloqotlarda mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarining to‘liq, izchil va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi”ga hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimidan foydalanish imkoniyatlari xususida ma’lumot berildi.

Tadbirda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Powered by GSpeech