Iftorlik tadbiri o‘tkazildi
Ramazon – mehr-oqibat, saxovat va birdamlik oyi. Ana shu qadriyatlarni ulug‘lash maqsadida Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev ishtirokida iftorlik tadbiri tashkil etildiTadbirga mahalla faollari, nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, nogironligi bor va ehtiyojmandlar taklif etildi.
Mehmonlarga Ramazon oyining fazilati, saxovat va birdamlik haqida ma’ruzalar qilindi. Iftor dasturxoni atrofida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat va hamjihatlik ruhida suhbatlar kechdi.
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, aholining farovonligi va hamjihatligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Ramazon oyida bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilish, muhtojlarga yordam berish, mehr va saxovatni keng yoyish har bir insonning ma’naviy burchi ekanligini ta’kidladi.
Tadbir ishtirokchilari bunday ezgu an’analarning davomli bo‘lishi, jamiyatda bag‘rikenglik va insoniylik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.
O'zbekcha
Русский
English