HUSNIOBOD MFYDA INFRATUZILMA YAXSHILANMOQDA

15.10.2024 / 232

Yunusobod tumanidagi "Husniobod" mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi asosida qurilish bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda mahalladagi yopilib ketgan irrigatsiya ariqlari o‘rnida, yangitdan qazilib, latoklar, quvurlar o‘rnatilmoqda. Ko‘p qavatli uylar hududidagi o‘nqir-cho‘nqir yer maydonlari tekslanib, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatishga tayyorlanmoqda.

Mahallada piyodalar yo‘lagi ham zamonaviy asosda barpo qilinib, chetlarida daraxt va buta ko‘chatlari ekishga hozirlanmoqda. Ko‘chatlarni sug‘orish hamda yoz kunlari salqinlikni ta’minlash uchun maxsus suv poliv tizimlari o‘rnatilayapti.

Xullas, Husniobodga yangi hayot nafasi kirib kelib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda.

Powered by GSpeech