Hurmatli Yunnusobod tuman fuqarolari!

14.12.2024 / 198

 Energiya va tabiiy gaz resurslarini tejash – bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Har birimiz gaz va energiya manbalaridan oqilona foydalanib, kelajak avlodlar uchun resurslarni asrashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.

Shuni unutmang, energiyani tejash:
•Tabiiy resurslarni avaylash;
•Oilaviy byudjetni tejash;
•Ekologik barqarorlikni ta’minlashdir.

Elektr energiyasini faqat zaruratga ko‘ra ishlatish, ortiqcha yorug‘lik yoki qurilmalarni o‘chirib qo‘yish odatini shakllantiring. Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan texnikalardan foydalaning va gaz, issiqlik hamda suv ta’minotida tejamkorlik qoidalariga rioya qiling.

 Mas’uliyatli va oqilona munosabat bilan barqaror kelajakni birgalikda yarataylik!

Powered by GSpeech