“Huquqiy bilimlar kuni” seminari o‘tkazildi
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Yunusobod tuman hokimligida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishga qaratilgan “Huquqiy bilimlar kuni” seminari o‘tkazildi.
Seminarda Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi mas’ul xodimi A.Norqulov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri O‘.Abdurasulov hamda tuman Adliya bo‘limi mas’ul xodimi Z.Muhiddinov hamda tuman hokimligi boshqaruv xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori mazmun mohiyati seminar ishtirokchilarga tushuntirilib, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Seminar so‘ngida davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan takliflar berildi.
O'zbekcha
Русский
English