Huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha targʻibot tadbir

19.02.2025 / 160

Yunusobod tumanidagi ta’lim muassasalarida Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida izchil tadbirlar olib borilmoqda.

 Xususan tumani hududida joylashgan barcha umumta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Unda yoshlarga huquqbuzarliklarni sodir etmaslik, uning oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Tadbirda yoshlarni jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etishlarini rag‘batlantirish va ularning jamiyatdagi ijobiy rolini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Powered by GSpeech