Хotin-qizlarni jismoniy faollikka jalb qilish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

17.06.2025 / 140

Yunusobod tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, xotin-qizlarni jismoniy faollikka jalb qilish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun erta tongda Qashqar mahallasida joylashgan sport majmuasida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbirda mahalladagi turli yoshdagi xotin-qizlar faol ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotlar davomida tajribali murabbiylar tomonidan yoga mashqlari olib borildi. Ushbu mashqlar ishtirokchilarning jismoniy va ma’naviy holatini yaxshilash, stressni kamaytirish, mushaklarni chiniqtirish hamda tana muvozanatini tiklashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Qatnashchilar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirib, bu kabi mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazib borishni taklif etdilar.

Powered by GSpeech