XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
24.09.2024
/
226
Yunusobod tumanidagi "Bog‘i-Eram" mahallasida Toshkent shahar xotin-qizlar Tadbirkorlik o‘quv markazi tomonidan ishsiz, kasbu-hunari yo‘q xotin-qizlar o‘qitilmoqda. Ushbu o‘quv kursida, mashg‘ulotlarda tadbirkorlik, tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik kabi o‘ndan ortiq hunarlar o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlarga Yunusobod tumanidagi barcha mahalalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar jalb qilinib, ularga tadbirkorlikka ko‘nikmalari bo‘yicha maxsus sertifikatlar berildi.
Tumandagi mahallalarda shu kabi kasb-hunarga o‘qitish markazlarining faoliyat ko‘rsatishi hudud aholisining kasb-hunarli bo‘lishiga va o‘rgangan hunari orqali o‘z-o‘zini band qilishiga zamin yaratmoqda.
O'zbekcha
Русский
English