HOKIMLIK XODIMLARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI
Ma’lumki, mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi alohida kafolatlangan. Bu O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasida ham keltirib o‘tilgan.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Yunusobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda hokimlik xodimlari va tuman bo‘lim rahbarlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Shu bois, bugun Yunusobod tuman hokimligi xodimlari tuman bo‘lim rahbarlari uchun birlamchi tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Hokimlik xodimlari terapevt, nevrolog, oftalmolog, otolaringolog kabi malakali tibbiyot xodimlari tekshiruvidan o‘tkazildi.
Mazkur tibbiy ko‘rik davomida flyuorografiya yoki rentgen tekshiruvi hamda qon tahlillarini olib, ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English