Hokim sektor rahbarlari bilan Oqova suv nasos stansiyasini o‘rgandi

15.09.2024 / 233

⏺Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliev, sektor rahbarlari bilan o‘rganish ishlarini Katta Hasanboy MFY hududidagi Oqova suv nasos stansiyasining ishlash tizimi bilan tanishdi. Ushbu stansiya Katta Hasanboy, Hamkorobod, Hasanboy hamda Sharq haqiqati mahallalariga xizmat ko‘rsatadi.

✅Hokim, kanalizasiya tarmoqlarining soz ishlashi ko‘p qavatli uy-joylarda tozalikni saqlabgina qolmay, aholi salomatligini saqlashning muhim vositasi sanalishini ta'kidladi. Shu boisda ushbu nasos stansiyasi tizimini yaxshilash, o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishi zarurligiga urg‘u berdi.

B.Abduvaliev, mutasaddilarga yilning to‘rt faslida ham nasos stansiyasini bir maromda ishlashini ta'minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarini berdi.

Powered by GSpeech