HOKIM SEKTOR RAHBARLARI BILAN MAHALLADA MUAMMOLARNI O‘RGANDI

15.09.2024 / 221

   Bugun saf yig‘ilishdan so‘ng Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliev, sektor rahbarlari bilan tumanda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi. Ilk lokatsiya "Katta Hasanboy" mahallasi bo‘ldi. Mahallada har kuni obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. O‘rganishlarda yerli aholining uylari atrofida qurilish chiqindilari olib ketilmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari avtomobil' yo‘li hamda mahalla ko‘chalaridagi ariq –zovurlar bo‘ylari, unga tutash yer maydonlari atrofi o‘t bosib, suv qochirish tizimlari ko‘rinmay qolgan. Latoklarda himoya to‘siqlarning yo‘qligi sababli quvirlarda chiqindilar to‘planib, suv o‘tmay qolgan. Bu esa yog‘ingarchilik chog‘ida muammolarni keltirib chiqaradi.

  Hokim mahalla raisi va mutasaddilarga bugunning o‘zidayoq ariq bo‘ylaridagi o‘tlarni tozalash, atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari mahallada barpo qilingan zamonaviy vorkautlar, bolalar o‘yingohlari atroflarini maxsus vositalar bilan o‘rash va mahalla bolalarini sportga jalb qilish, turli musobaqalarni tashkil qilish bo‘yicha alohida vazifa berildi.

  Tuman hokimi sektor rahbarlariga obodonlashtirish borasida kamchiliklar borligi, bu esa o‘z navbatida aholi kayfiyatiga ta'sir qilib, ularning haqli e'tiroziga sabab bo‘lishini ta'kidladi.

  O‘rganish davomida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilib, ijrosini ta'minlashga mas'ullar biriktirildi.

Powered by GSpeech