Hokim Rixsiliy ko‘chasidagi 24/7 rejimi asosida faoliyat yuritayotgan ko‘chadagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev, tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Rixsiliy ko‘chasida 24/7 dasturi doirasida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Dastlab tuman hokimi o‘rinbosari D.Yusupov ob’yektda ishlab chiqilgan loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Hokim B.Abduvaliyev, mazkur hududda tashkil etilayotgan "Gastranomik ko‘cha" loyihasi bilan tanishdi. Loyiha doirasida aholi uchun qulayliklar yaratish, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Bahodir Abduvaliyev, loyihani yanada takomillashtirish, uni hududning o‘ziga xosligi va aholi ehtiyojlariga moslashtirish maqsadida qator taklif va tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, ob’yektda qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi va loyihaning barcha jihatlarini batafsil muhokama etdi.
Hokim qurilish ishlarini amalga oshirishda aholi fikr va takliflarini inobatga olish muhimligini ta’kidladi. O‘rganishlar jarayonida ko‘chaga sayrga chiqqan fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
Hokim o‘rganish yakunida mutasaddilarga qurilish loyihasini puxta va mukammal qilish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z muddatida topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berib, ijrosini nazoratiga oldi.
O'zbekcha
Русский
English