HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT E'TIBORDA

15.09.2024 / 245

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliev o‘tkazib kelayotgan fuqarolar qabulida ham har bir murojaatga diqqat bilan e'tibor qaratib kelmoqda.

⏺Bugun tashkil etilgan navbatdagi qabulda 15 nafar fuqarolar hokimiga o‘z murojaatlari bilan yuzlanishdi. Ular tomonidan uy-joy, moddiy yordam olish, imtiyozli kredit, yer munosabatlari bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar hokim tomonidan diqqat bilan tinglandi.
✅Qabulda ishtirok etgan hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech