HOKIM PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI FAOLIYATINI O‘RGANDI

10.10.2024 / 237

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev Turkiston mahallasida profilaktika nozirlari faoliyatini o‘rgandi. Muloqotda mahalla tizimini takomillashtirish, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Hokim B.Abduvaliyev, dastlab, mahalllani “Qizil” toifadagi hududdan yashil toifali hududga o‘tkazishga to‘xtalib, bunda jinoyat sodir etilishini oldini olish, jinoyatlarning kelib chiqish sabab va unga imkon bergan shart-sharoitlarni atroflicha muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida asosiy e’tiborni oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimni yo‘lga qo‘yishga to‘xtalib, mahallarda notinch oilalar, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalarini bildirdi. Ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika inspektorlari mahalla yettiligi bilan uzviy hamkorlikda ish olib borish zarurligi aytib o‘tildi.

Suhbat chog‘ida mahallada to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topish, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida barcha sayi-harakatlarni birlashtirish shartligi ta’kidlandi.

—Mahallada qachon jinoyat sodir bo‘lmaydi, qachonki, aholi doimo band bo‘lib, barqaror daromadga ega bo‘lsa, — dedi tuman hokimi B.Abduvaliyev. — Buning uchun “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni ta’minlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda profilaktika inspektorlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklatilgan.

Muloqot davomida profilaktika inspektorlarining mahalla faollari hamda sektorlar bilan hamkorligini kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy rioya etishi, kasbiy bilimlarini muntazam oshirish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Hokim B.Abduvaliyev kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli olib borish, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan zarur ko‘rsatmalarini berib, ijrosini nazoratga oldi.

Powered by GSpeech